Loyihalaringizni kuzating.
Yangilarini toping.
Mijoz loyihalaringizning kunlik natijalari, lid narxi va CTR bir joyda. Platforma o'zi tahlil qilib, nima qilish kerakligini aytadi, mijozga esa chiroyli hisobot tayyorlaydi. Yangi loyihalarga ham shu yerdan taklif yuborasiz. Target yoqishni bilmaysizmi? Sun'iy intellekt siz bilan birga reklamani o'z kabinetingizda yoqib beradi.
Excel va bloknot o'rniga
Har kuni 2 daqiqa: sarf, ko'rishlar, kliklar va lidlarni kiritasiz โ qolganini platforma qiladi.
Loyihalarni kuzatish
Har bir mijoz uchun alohida loyiha. Lid narxi, CTR, CPC va konversiya o'zi hisoblanadi, 30 kunlik grafiklar chiziladi.
Avtomatik tahlil
Lid narxi oshsa, CTR tushsa yoki pul ketib lid kelmasa โ platforma ogohlantiradi va nima qilish kerakligini aytadi.
Mijozga hisobot
Bitta link: mijozingiz natijalarni grafik va jadvalda ko'radi, PDF qilib saqlaydi. Skrinshot yig'ib o'tirmaysiz.
Loyiha topish
Targetolog izlayotgan tadbirkorlarning ochiq loyihalari. Mosiga bir tugma bilan taklif yuborasiz.
Tasdiqlangan portfolio
Kuzatilgan loyiha natijalari portfoliongizga "platformada tasdiqlangan" belgisi bilan tushadi.
AI bilan target
Target yoqishni bilmasangiz ham: biznesingizni yozing โ sun'iy intellekt auditoriya va matnlarni tayyorlaydi, reklama o'z kabinetingizda yoqiladi.
Sinab ko'rish